O‘zbekistonda yanvar oyida 15 657 mingta yengil avtomobil (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) ishlab chiqarildi. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/02/25/2024-02-25 19.07.21-QEP4H-Qz.jpg)
Agentlik xabariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar oyida, shuningdek, 124,6 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Bundan tashqari:
- Ko‘mir — 357,8 ming tonna;
- Neft — 60,5 ming tonna;
- Gaz kondensati — 111,7 ming tonna;
- Avtobus — 25 dona;
- Yuk avtomobillari — 215 dona;
- Avtomobil dvigatellari — 13 915 dona ishlab chiqarilgan.
Izoh (0)