Toshkent viloyati Chinoz tumanida 230 million so‘m kredit va 20 ta jarimasi bor fuqaroning Captiva’si jarima maydonchasiga joylashtirildi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Qayd etilishicha, byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi qidiruv bo‘limi tomonidan viloyatning ko‘plab hududlarida tadbirlar o‘tkazilmoqda. Chinoz tumanida o‘tkazilgan Avtakon qo‘shma reyd davomida 231 million 232 ming 448 so‘m bank kredit qarzdorligi hamda 20 ta ma’muriy jarimasi bo‘lgan fuqaro aniqlanib, Captiva rusumli avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Yuqoridagi qarzdorliklar ixtiyoriy muddatda bartaraf etilmasa, mazkur avtotransport vositasi realizatsiya qilinib, sotuvdan tushgan pul qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.
Izoh (0)