G‘arbiy Sohilning Jenin shahrida o‘tkazilgan reyd chog‘ida HAMAS guruhining yuqori martabali amaldori qo‘lga olindi. Bu haqda Bild xabar berdi.
Isroil harbiylari, politsiya va razvedka xizmatlari HAMAS harbiy infratuzilmasi yetakchilaridan biri Umar Fayedni hibsga olgan. Isroilga ko‘ra, Fayed so‘nggi paytlarda ularning askarlariga qarshi bir qancha hujumlarda ishtirok etgan va yangilarini ham rejalashtirgan.
Fayedni hibsga olish amaliyoti chog‘ida, rasmiy manbalarga ko‘ra, ikki Isroil xavfsizlik kuchlari yengil jarohat olgan. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu razvedka xizmatlariga HAMAS harakati yetakchilarini qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, qidirish va o‘ldirishni buyurgan edi.
2023-yil Isroil mudofaa kuchlari HAMASning iqtisodiyot vaziri Javad Abu Shamalni o‘ldirgandi. Marhum HAMASning moliyaviy ishlarini boshqargan hamda “G‘azo sektori ichida va tashqarisida terrorizmni moliyalashtirish uchun pul ajratgan”likda ayblangan. Bundan tashqari Isroil armiyasining G‘azo sektoriga bergan zarbalari oqibatida HAMASning yana bir yuqori martabali a’zosi Zakariya Abu Maamar ham halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)