Batirbek Kaipbergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2023/Fozilbek/photo_2024-02-12_19-31-23.jpg)
Tayinlovga qadar u Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Batirbek Kaipbergenov 1970-yilda Nukusda tug‘ilgan. 1992-yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 1998-yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Texnika fanlari doktori.
2023-yilning avgust oxirlarida Elmurod Tursunov Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri etib tayinlangandi. Sentyabrda esa Begisbay Temirbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vaziri lavozimiga tayinlandi.
Izoh (0)