O‘zbekiston aholisida 2024-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra 4 milliondan ortiq avtomobil mavjudligi to‘g‘risida xabar berilgandi. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 103 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.
Qayd etilishicha, 2024-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan yengil avtomobillar soni 3,8 million donani tashkil etgan.
Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan yengil avtomobillar soni har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 103 ta to‘g‘ri kelgan.
Toshkent shahrida 2023-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, har ming kishiga o‘rtacha 193 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelayotgani aytilgan edi. Bu 2022-yil 1-yanvar holatiga nisbatan 15 taga ko‘p demak. 2022-yilda poytaxtda har ming kishiga 178 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan.
Izoh (0)