Qozog‘istondagi Arktika antisikloni havo haroratini 32 daraja sovuqqacha tushirib yuboradi. Bu haqda “Kazgidromet” xabar berdi.
13—14-fevral kunlari Qozog‘istonning aksariyat hududlarida ob-havo keskin sovib ketishi kutilmoqda. Mutaxassislar yomg‘ir va qor shaklida yog‘ingarchilik bo‘lishi, shimoliy hududlarda kuchli qor yog‘ishi, yerlar muzlashini prognoz qilgan.
Shuningdek, Qozog‘iston g‘arbida havo harorati 5 daraja sovuq va 5 daraja iliqqacha; shimoliy, markaziy sharqiy viloyatlarda 5 daraja sovuq va 2 daraja iliqqacha ko‘tarilishi mumkin. Fevral oyining o‘rtalariga kelib siklon Qozog‘iston hududini tark etadi, uning o‘rnini qorsiz Arktika antisikloni egallaydi, u respublikaning shimoliy yarmiga sovuqni qaytaradi.
Mamlakatning g‘arbiy, shimoli-g‘arbiy va shimolida 15-fevralga qadar havo harorati kechasi 22-32 daraja, kunduzi 15-27 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda. Respublikaning qolgan hududlarida esa harorat bilan bog‘liq o‘zgarishlar bo‘lmaydi.
Izoh (0)