“Oskar” mukofoti nomzodi Mark Ruffalo (“Qasoskorlar” filmi) Gollivud Shon-sharaf xiyobonida shaxsiy “yulduz”ga sazovor bo‘ldi. Bu haqda “Film.ru” xabar berdi.
Aktyorni qo‘llab-quvvatlash uchun uning rafiqasi, farzandlari, hamkasbi Jennifer Garner, rejissorlardan Devid Fincher va Joss Uidon, Marvel prezidenti Kevin Faygi, aktyor Barri Keogan va boshqalar tashrif buyurdi.
Ruffalo uni doimo qo‘llab-quvvatlagan barcha yaqinlariga va mezbonlarga o‘z minnatdorligini bildirdi va Gollivuddagi ijod yo‘li qanday boshlanganini shunday xotirladi:
“Har hafta buvim menga konvertda 20 dollar bilan kichik xat yuborib turardi: “Men senga ishonaman. O‘z joyingda qol, sen albatta uddalaysan” degan so‘zlari menga kuch berar edi”.
Izoh (0)