Xitoyning markaziy qismidagi Xenan provinsiyasida maktab yotoqxonasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Sinxua mahalliy hokimiyat organlariga tayanib.
19-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:00da (Toshkent vaqti bilan 20:00) Nanyan shahrining Fanchen okrugidagi maktab yotoqxonasida trevoga signali yangragan. Qutqaruvchilar yong‘inni 38 daqiqadan so‘ng o‘chirdi, deb yozadi agentlik.
Halok bo‘lgan 13 kishidan tashqari, bir kishi jarohatlangan, u hozirda shifoxonada, ahvoli barqaror.
Mahalliy hukumat hodisa sabablarini tekshirishni boshladi.
Noyabr oyida Xitoyning markaziy qismi Shansi provinsiyasidagi ko‘mir zavodida yong‘in sodir bo‘lgandi. O‘shanda kamida 25 kishi halok bo‘ldi. CCTV maʼlumotlariga ko‘ra, qurbonlar yongan mahsulotlardan zaharlangan.
Izoh (0)