O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2024-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra 36 799 756 kishini tashkil etdi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublikaning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 foizga oshgan. Mamlakat aholisi 2023-yil boshidan buyon 774,8 ming kishiga ko‘paygan.
Qayd etilishicha, aholi 2023-yilning har bir oyida o‘rtacha 64,6 ming kishiga oshgan. 2023-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2,1 ming kishiga ko‘paygan.
Izoh (0)