Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Sevilya” “Atletik”ka 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
“Sevilya” himoyachisi Serxio Ramos uchrashuvdan so‘ng DAZN’ga intervyu berdi. Bu vaqtda tribunadan bir muxlis Ramos tomonga qarab baqirayotgandi.
37 yoshli himoyachi bir muddatga intervyuni to‘xtatib: “Biroz hurmat qil, biz gaplashyapmiz.
Odamlarni va klub emblemasini hurmat qil, ovozingni o‘chir”, — deya baqirdi.
“Sevilya” ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng 16 ochko bilan turnirning 16-o‘rnida bormoqda. “Atletik” esa 38 ochko bilan 4-pog‘onani band etgan.
Izoh (0)