Buxoro shahrida joylashgan kafe yerto‘lasida chaqnash sodir bo‘ldi. Viloyat FVB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.
3-yanvar kuni Buxoro shahri Gazli shohko'chasida joylashgan "Maruta" kafesi binosi old tomonidagi yerto‘lada gaz havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan. Binoga hech qanday zarar yetmagan, faqatgina derazalar parchalanib, romlari qisman zararlangan.
Hodisa natijasida fuqarolarning tan jarohati va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan. Voqea joyiga viloyat hokimligi, FVB, Buxoro shahar prokuraturasi, IIB xodimlari jalb etilgan. Hozirda hodisaning kelib chiqish sabablari surishtiruv organlari tomonidan aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)