Liberiya markazida benzin ortilgan avtosisterna portlashi oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar jarohatlandi. Bu haqda Liberian Observer gazetasi bosh shifokor va sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Frensis Keytega asoslanib xabar berdi.
Gazetaning yozishicha, Liberiyaning Bong okrugidagi Totota shahrida avtosisterna yo‘ldan chiqib, yonib ketgan.
Qayd etilishicha, avariyadan so‘ng bir necha kishi mashinadan to‘kilgan benzinni yig‘ishga uringan va shu paytda portlash sodir bo‘lgan.
Oqibatda 40 kishi, jumladan, bir ayol va olti-to‘qqiz yoshlar orasidagi uch bola halok bo‘ldi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarining aniqlik kiritishicha, qurbonlar soni ortishi mumkin.
Avval Gaitida yonilg‘i ortilgan avtosisterna avariyaga uchrab, portlashi oqibatda 40 dan ortiq odam halok bo‘lgani to‘g‘risida xabarlar berilgandi.
Izoh (0)