Yaponiya avtosanoati giganti Toyota avtomobillar xavfsizligi bo‘yicha 30 yil davomida o‘tkazilgan testlar soxtalashtirilgani ma’lum bo‘lgach, avtomobil ishlab chiqarishni to‘xtatganini e’lon qildi.
O‘tgan hafta ma’lum bo‘lishicha, mustaqil audit natijalari 64 ta rusumdagi avtomobillar, jumladan Toyota xavfsizlik testlarida qoidabuzarliklar va soxtalashtirishlar mavjudligini ko‘rsatgan, deb yozadi CNN kompaniya vakillariga tayanib.
Yaponiyaning Toyota kompaniyasiga tegishli Daihatsu avtomobil ishlab chiqaruvchisi barcha mahalliy va xalqaro avtomobil yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatib turishini va bundan keyingi qadamlar haqida rasmiylar bilan maslahatlashishini xabar qildi.
Daihatsu ushbu transport vositalarining xavfsizligi va ekologik ko‘rsatkichlari qonuniy standartlarga mos kelishini ta’minlash uchun individual texnik tekshiruvlar va haqiqiy sinovlarni o‘tkazadi, deb ta’kidladi kompaniya.
Avtomobil ishlab chiqarish va bozorlarga yetkazib berishning vaqtincha to‘xtatilishi kamida keyingi oy oxirigacha davom etadi. Ishlab chiqarishning to‘xtatilishi zavodlardagi to‘qqiz ming ishchiga ta’sir qiladi.
Izoh (0)