Braziliya terma jamoasi xalqaro musobaqalardan chetlatilishi mumkin.
ESPN nashri xabariga ko‘ra, FIFA va Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (CONMEBOL) 24-dekabr kuni Braziliya futbol konfederatsiyasiga (CBF) tashkilot rahbariyatidagi ehtimoliy o‘zgarishlar yuzasidan qo‘shma xat yuborgan.
Rio-de-Janeyro sudi CBF prezidenti Ednaldo Rodriges va u tomonidan tayinlangan amaldorlarni o‘tgan yilgi saylovlarda qonunbuzarliklar sababli 7-dekabr kuni lavozimidan chetlatgandi. Braziliyaning ikki oliy sudi qarorni o‘z kuchida qoldirdi. Oliy sport sudi rahbari 30 ish kuni ichida Braziliya futbol konfederatsiyasi prezidenti uchun yangi saylovlar o‘tkazishini talab qildi.
FIFA va CONMEBOL saylov jarayonini kuzatish uchun 8-yanvar kuni Braziliyaga borishi haqida CBF’ni ogohlantirdi. Bu vaqtga qadar konfederatsiya rahbariyatdagi o‘zgarishlar bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilishi mumkin emas.
Izoh (0)