Falastinning HAMAS harakatining shafqatsizligi falastinliklarni jamoaviy jazolash uchun asos bo‘lishi mumkin emas. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Xavfsizlik kengashining Yaqin Sharqdagi vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishida ma’lum qildi.

“HAMAS tomonidan sodir etilgan vahshiylik hech qachon Falastin xalqining jamoaviy jazolanishini oqlay olmaydi. HAMASning Isroilga raketa hujumlari va tinch aholidan tirik qalqon sifatida foydalanishi urush qonunlariga zid bo‘lsa-da, bunday xatti-harakatlar Isroilni javobgarlikdan ozod etmaydi. Xalqaro gumanitar huquq fuqarolarni himoya qilish, mutanosiblik va ehtiyotkorlik tamoyillariga rioya qilish majburiyatini o‘z ichiga oladi”, — dedi u.
Avvalroq Antoniu Guterrish G‘azo sektorida Falastin-Isroil mojarosi avj olganidan beri BMTning 100 nafardan ortiq xodimi halok bo‘lganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)