Farrux Tursunov O‘zbekistonning Ispaniyadagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Diplomat 50 yoshda. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. O‘zbekiston prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashida ishlagan.
Tashqi ishlar vazirligi tizimida 1994-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. U markaziy apparatda turli lavozimlarda ishlagan, jumladan, attashedan tortib to departament direktori lavozimida faoliyat olib borgan. O‘zbekistonning Qozog‘istondagi (2008—2012-yillar) va Yaponiyadagi (2012—2017-yillar) elchixonalariga rahbarlik qilgan. 2018-yildan buyon u TIVning Strategik tahlil va prognozlash bosh boshqarmasi, shuningdek, Yig‘ma axborot-tahlil departamentini boshqarib kelayotgan edi.
Farrux Tursunov Madriddagi diplomatik missiyaga 2017-yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Jahongir G‘aniyev o‘rniga tayinlandi.
Izoh (0)