Toshkent shahrida Ahmad Yassaviyning o‘zbekistonlik va turkiyalik 42-avlodlari ilk bor uchrashdi.
Ma’lum qilinishicha, 5—6-dekabr kunlari Turkiy davlatlar tashkiloti, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Turkiy davlatlar geografik kengashi hamkorligida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy konferensiyada Markaziy Osiyodagi ilk tasavvufiy tariqat — Yassaviyaning asoschisi Ahmad Yassaviyning 42-avlodlari o‘zbekistonlik Gulposhsha Ergashxo‘jayeva va turkiyalik Chag‘la Yassaviylar ilk bor uchrashdi.
Shuningdek, ilmiy anjumanda Farg‘ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatining rahbarlaridan biri Shermuhammadbek (arxiv hujjatlari va sovet adabiyotlarida Shermat qo‘rboshi yoki Ko‘rshermat, chap ko‘ziga o‘q tekkanligi uchun shunday nom berishgan) avlodi Usmonbey ham ishtirok etdi.
Izoh (0)