Toshkent shahar Yangihayot tumanida 17 yoshli qiz o‘z joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura holat yuzasidan “Daryo”ga ma’lumot berdi.
Xabar berilishicha, holat 30-noyabr kuni 18:30 da Yangihayot tumanida joylashgan ko‘p qavatli binolarning birida sodir bo‘lgan. 2006-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qiz (Turkiya fuqarosi) noma’lum sabablarga ko‘ra, 6-qavatdan o‘zini tashlagan. Olgan tan jarohatlari oqibatida u shifoxonada vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)