1-dekabr tongida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi tugaganidan beri Isroil hujumlari oqibatida 109 kishi halok bo‘ldi, yana yuzlab kishilar yaralandi. Bu haqda G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Ashraf al-Qudra departamentning Telegram kanalida ma’lum qildi.
Bir necha soat oldin 60 kishining o‘limi haqida xabar berilgan edi.
![](/static/2023/falastin1.jpg)
Isroil mudofaa kuchlari HAMASni provokatsiyalar va Isroil hududini o‘qqa tutishda aybladi. Quruqlikdagi operatsiyalarning qayta tiklanishi hali e’lon qilinmagan. Isroil G‘azo sektoridagi nishonlarga havodan hujumlar uyushtirmoqda.
Kelishuv doirasidagi sulh 24-noyabr kuni kuchga kirgandi. O‘tgan vaqt davomida HAMAS tomonidan garovga olinganlar Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik asirlarga almashtirildi.
Dastlab sulhning amal qilish muddati to‘rt kun bo‘lishi kerak edi, keyin tomonlar vositachiligida u uzaytirildi.
Izoh (0)