Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30-noyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 17,96 so‘mga pastlab, 12 297,88 so‘m bo‘ldi. Yevro 7,07 so‘mga oshib, 13 496,92 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,72 so‘mga tushib, 138,27 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 12 315 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi ham oshgandi.
24-noyabr kuni dollar rasmiy kursi ilk bor 12 300 so‘mdan oshgandi.
Izoh (0)