Toshkent metrosida erkak o‘zini harakatlanib kelayotgan poyezd tagiga tashladi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 28-noyabr kuni soat 14:58 da “Qo‘yliq” bekatida sodir bo‘lgan. Shu sababli Yerusti halqa yo‘li yo‘nalishining bir tomoni vaqtincha harakatdan to‘xtatilgan.
Xabarda erkakning ahvoli haqida ma’lumot berilmagan. Holat yuzasidan batafsil ma’lumot dastlabki surishtiruv ishlari yakuniga yetgach ma’lum qilinadi.
Izoh (0)