Eron va Turkmaniston Mashhaddan Ashxobodga parvozlarni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi, deb xabar bermoqda Mrud News fors nashri. Yo‘lovchilar va yuklarni tashish jadvali yaqin ikki oy ichida aniqlanadi.
Bu haqda yaqinda Turkmanistonda amaliy tashrif bilan bo‘lgan Eron yo‘llar va shaharsozlik vaziri Mehrdod Bazrpash ma’lum qilgan.
Mashhad Turkmaniston bilan 531 kilometrlik chegaraga ega Xuroson—Razavi viloyatining markazidir. Shialar uchun muqaddas ushbu shahar tibbiy turizm markazi ham hisoblanadi.
Eron tomoni maʼlumotlariga ko‘ra, joriy Eron kalendar yilining dastlabki uch oyida (21-martdan boshlangan) Turkmanistonning 793 nafar fuqarosi tibbiy maqsadda Mashhadga tashrif buyurgan.
Eziz Boyarov
Izoh (0)