Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant G‘azo sektoridagi shiddatli janglar HAMAS bilan vaqtinchalik sulh tuzilganidan keyin kamida ikki oy davom etishini ma’lum qildi.

“Sulh qisqa muddatli bo‘ladi, shundan so‘ng shiddatli janglar davom etadi. Biz o‘z maqsadlarimizga erishmagunimizcha to‘xtamaymiz: HAMASni yo‘q qilish va G‘azodan Isroilga garovga olinganlarni qaytarish — ularning soni 240 tani tashkil etadi va biz buni qabul qila olmaymiz, toqat qila olmaymiz”, — dedi Gallant.
Vazir garovga olinganlarni ozod qilish uchun kurashni davom ettirish zarurligini ta’kidladi. Uning fikricha, HAMAS ularni bosimsiz qo‘yib yubormaydi.
- 24-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:00da Isroil mudofaa kuchlari va Falastinning HAMAS harakati o‘rtasida to‘rt kunlik sulh kuchga kirdi. Tomonlar o‘nlab garovga olinganlar va asirlarni almashish uchun to‘rt kun davomida harbiy harakatlarni to‘xtatishga kelishib oldi.
- Isroil garovga olingan 13 kishi evaziga Isroil qamoqxonalarida jazo o‘tayotgan 39 nafar falastinlikni HAMAS vakillariga topshiradi.
Izoh (0)