Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 9-turida “Inter” va “Torino” 21-oktyabr, shanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda milanliklar ketma-ket darvozani ishg‘ol qildi. Dastlab, 59-daqiqada Markus Tyuram gol urgan bo‘lsa, 67-daqiqada Lautaro Martines o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. O‘yin so‘ngida esa Chalhano‘g‘lu penaltini aniq amalga oshirdi. Shu tariqa “nerazzuri” g‘alabani rasmiylashtirdi.
“Inter” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 22 taga yetkazdi va peshqadamlikni qo‘lga oldi.
A Seriya
9-tur bahsi
21-oktyabr, shanba
“Torino” – “Inter” 0:3
Gollar: 0:1 – 59 Tyuram, 0:2 – 67 Martines, 0:3 — 90+5 Chalhano‘g‘lu.
“Torino”: Milinkovich-Savich, Bellanova, Rodriges, Sxyurs (Sazonov, 51), Tamez, Lazaro (Ilich, 86), Linetti (Voyvoda, 86), Vlashich, Richchi, Sek (Gineytis, 74), Pellegri (Sanabriya, 74).
“Inter”: Zommer, Darmian, de Vrey, Acherbi, Pavar (Dumfris, 57), Dimarko (Karlos Augusto, 57), Mxitaryan, Chalhano‘g‘lu, Barella (Frattezi, 57), Tyuram, Martines (Klassen, 82).
Ogohlantirishlar: Barella (49), Linetti (80).
Izoh (0)