Italiyaning “Milan” jamoasi rasmiy saytida hujumchi Olivye Jiruni darvozabonlar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, “rossoneri” darvozaboni Mayk Menyan Italiya chempionatidan o‘rin olgan “Jenoa”ga qarshi bahsda qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Uning o‘rnini esa Olivye Jiru egalladi. Fransuz bir necha bor jamoasini goldan qutqarib qoldi. Yakunda “Milan” 1:0 hisobida zafar quchdi.
Shundan so‘ng, milanliklar 37 yoshli hujumchini darvozabonlar qatoriga qo‘shib qo‘ydi.
Avvalroq, Fransiya terma jamoasi ham Jiruni qaydnomada darvozabon sifatida e’lon qilgandi.
Izoh (0)