Gruziyaning Guriya viloyatidagi Shekvetili kurortida ko‘prik qulab tushdi. Oqibatda Natanebi daryosi bo‘ylab harakatlanish cheklangan. Bu haqida “Rustavi 2” telekompaniyasi ma’lum qildi.
Voqea bugun, 3-oktyabr kuni tushdan keyin sodir bo‘lgan. Hodisa joyiga patrul politsiya otryadlari safarbar qilingan. Hudud o‘rab olingan. Transport vositalari aylanma yo‘lga yo‘naltirilmoqda.
![](/static/gruziyamost.jpg)
Guriyada kuchli yog‘ingarchilik ikki kundan beri davom etmoqda. Ozurgeti viloyati aholisi Bjuja daryosining qirg‘oqlaridan toshib ketishidan aziyat chekdi. Turar-joy binolarining birinchi qavatlari, tomorqa maydonlari, ko‘chalar suv ostida qolgan.
Mahalliy hokimiyat organlari hozirda tabiiy ofat natijasida yetkazilgan zararni baholamoqda.
Izoh (0)