Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan 28-sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Berlin shahriga jo‘nab ketdi.
Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, davlat rahbari Germaniya poytaxtida bir qator rasmiy va ishbilarmonlik uchrashuvlarini o‘tkazadi, Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari formatidagi tadbirlarda ishtirok etadi.
Kun tartibidan O‘zbekiston prezidentining joriy yil may oyidagi Germaniyaga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan investitsiyaviy, innovatsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Izoh (0)