Dubayda suv ostida namoz zaliga ega dunyodagi birinchi suzib yuruvchi masjid quriladi. Bu haqda mahalliy Islom va xayriya ishlari boshqarmasiga tayanib, The National News xabar berdi.
Loyiha qiymati 55 million dirhamni (15 million AQSH dollari) tashkil etadi. Yangi megaloyihadan maqsad diniy turizm sektorini rivojlantirish bo‘lib, buning yordamida amirlik ko‘proq sayohatchilarni, jumladan, musulmonlarni jalb qilishga umid qilmoqda. Masjid binosi uch qavatli, bir qavati suv ostida bo‘ladi. Masjidda bir vaqtning o‘zida 75 nafargacha dindorlar sig‘adi.
Suv ustidagi ikkita qavat islomiy ma’ruzalar va seminarlar uchun ajratiladi. Shu bilan birga, masjid barcha din vakillari uchun ochiq bo‘ladi, ammo ular islom urf-odatlari va an’analariga muvofiq kiyinishi va o‘zini tutishi kerak bo‘ladi.
Avval e’lon qilinganidek, Dubayda dunyodagi birinchi 3D bosma masjid quriladi. Inshootning maydoni 2000 kvadrat metr bo‘lib, 600 nafar dindorni qabul qiladi. Qurilishni yakunlash 2025-yilga mo‘ljallangandi.
Izoh (0)