Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimlaridan ozod etildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi D.Xayrullayeva yozma arizasiga binoan hamda odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani uchun lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining sudyasi S.Madiyarova yozma arizasiga binoan lavozimlaridan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
Izoh (0)