O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi.
![](/static/Taqdirlov/sa.jpg)
Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi taʼlim, fan, madaniyat, sog‘liqni saqlash va yoshlar siyosati sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilingan.
![](/static/Taqdirlov/saa.jpg)
“Bugun Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov bilan uchrashib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi taʼlim, fan, madaniyat, sog‘liqni saqlash va yoshlar siyosati sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildik”, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
![](/static/Taqdirlov/sa1.jpg)
Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Sankt-Peterburg shahridagi Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi N.Petrov nomidagi onkologiya milliy tadqiqot markazi o‘rtasida klinik ordinatura bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqilgan edi.
Izoh (0)