Xitoyning eng yirik sug‘urta kompaniyalaridan biri — China Life Insurance direktorlar kengashining sobiq raisi Van Venbin o‘lim jazosiga hukm qilindi. Tegishli qaror Jinan shahri (Sharqiy Shandun viloyati) xalq sudi tomonidan qabul qilindi.
Sug‘urta kompaniyasining partiya qo‘mitasini ham boshqargan sobiq amaldor pora olish, shuningdek, xorijdagi mol-mulkni yashirishda aybdor deb topildi. Sud qarorida aytilishicha, ikki yillik muhlatdan keyin qonunga muvofiq o‘lim jazosi umrbod qamoq jazosiga almashtiriladi. Van Venbinning barcha shaxsiy mol-mulki ham davlatga musodara qilinishi kerak.
Van Venbin 1997-yildan 2021-yilgacha turli davlat lavozimlarida ishlagan. Bu vaqt ichida u bevosita yoki uchinchi shaxslar orqali umumiy qiymati 325 million yuan (45,7 million dollar) miqdorida pora olgan. Bundan tashqari, u 56,42 million yuanga yaqin (7,9 million dollar) pulni noqonuniy ravishda chet elda yashirgani aytilmoqda.
Izoh (0)