O‘zbekistonning katta qismida shanba va yakshanba kunlari issiq va quruq ob-havo bo‘ladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Ma’lum qilinishicha, 9-sentabr, shanba kuni 30-35 daraja, yakshanba kuni 32-37 daraja, janubda va cho‘l hududlarda 39 darajagacha issiq bo‘ladi.
Dam olish kunlari shimoliy-g‘arbiy hududlarda ob-havo yomonlashishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining shimolida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 22-27 darajagacha pasayadi.
Toshkentda 8-sentabrda kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 30-32 daraja bo‘ladi.
Dam olish kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat shanba kuni 30-32 daraja, yakshanba kuni 35-37daraja bo‘ladi.
Izoh (0)