Belgiyalik futbolchi Eden Azar faoliyatini yakunlamoqchi.
Foot Mercato nashrining xabariga ko‘ra, 32 yoshli futbolchining agentiga yoz davomida Fransiyaning turli klublari, jumladan, “Nitssa”, “Marsel” va “Lill” kabi jamoalardan takliflar tushgan. Biroq klublar bilan muzokaralar ijobiy yakunlanmagan.
Ma’lum bo‘lishicha, Azar futbolchilik faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamoqda. Uning atrofidagilar esa Edenni bu fikridan qaytarishga urinmoqda.
Bir necha kun oldin Azarning vakillaridan biri Turkiyaning top-klubi bilan muloqot qilgan. Klub nomi esa oshkor etilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Eden Azar iyun oyida “Real”ni tark etganidan buyon erkin agent maqomida turibdi.
Izoh (0)