• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yaxshi reklama qanday bo‘lishi kerak? Mutaxassislar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

    Biz reklamaga har qadamda: televideniyeda, radioda, ko‘chada va ijtimoiy tarmoqlarda duch kelamiz.  Ba’zida u g‘ashga tegadi, ko‘pincha esa kerakli tovar yoki xizmatni topishda yordam beradi. Yaxshi reklama — bu nima? 25-avgust — Reklama xodimlari kuni arafasida biz shu savol bilan O‘zbekiston reklama bozori ekspertlariga murojaat qildik.

    Diyor Mirzaahmedov, O‘zbekiston marketing uyushmasi boshqaruvi raisi: “Qisqacha bayram tarixi haqida. O‘tgan yilga qadar O‘zbekiston marketologlarida o‘z kasbiy bayramlari bo‘lmagandi. Marketing uyushmasining vazifalaridan biri professional hamjamiyatni shakllantirish va rivojlantirish, mutaxassislarni rag‘batlantirish va marketing har qanday biznes rivoji uchun muhimligidan kelib chiqib, marketolog kasbining obro‘sini oshirishdan iborat. O‘tgan yilda uyushma Reklama xodimlari kuni va O‘zbekiston marketologlari kunini nishonlash sanalarini tanlash masalasini muhokamaga olib chiqqandi.

    Taklif etilgan ro‘yxatdan, hamkorlar, uyushma ekspertlari va barcha istovchilar ovoz berishi yakunlariga ko‘ra,  Reklama xodimlari kunini har yili nishonlash uchun 25-avgust tanlandi.

    Nega aynan shu kun? 1996-yil 25-avgustda, Mustaqillikning 5 yilligiga bag‘ishlab, O‘zbekistonda birinchi marta ijtimoiy reklamaning milliy sujetlari yaratilib, ko‘chalarga ilingandi. Mana shu sanani mahalliy tashqi reklama uchun boshlang‘ich nuqta deb sanash mumkin.  Marketologlar kuni etib 19-aprel tanlandi, 2016-yil ushbu sanada Toshkentda birinchi ADWEEK marketing va reklama haftaligi boshlangandi.

    Bu kunlar rasmiy dam olish kunlari bo‘lmasa-da, lekin marketing va reklama faoliyatiga bog‘liq barchada nafaqat hamkasblarga, balki o‘z mijozlari va hamkorlariga ham minnatdorlik bildirishning ajoyib imkoniyati yaratiladi”.

    Shohruh Shorahmetov, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi: “O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi reklama aylanmasi sohasidagi vakolatli davlat organi sanaladi. Qo‘mita vazifalari sirasiga fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasida halol raqobat va qonunga rioya etish tamoyillariga asoslangan reklama bozori rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishga ko‘maklashish kiradi. O‘zbekiston reklama xodimlari kuni — reklama yaratish va joylash jarayonida qatnashuvchi barcha: turli reklamalar tayyorlovchi reklama agentliklari, reklama beruvchilar, menejerlar bayramidir.

    Biz Marketing uyushmasining ushbu kasb bayramini belgilash bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatladik va ma’qulladik. Raqobat kuchayishi sharoitida biznes uchun reklama ahamiyati ortadi. Endi o‘z tovari yoki xizmati haqidagi axborotni iste’molchiga shunchaki yetkazishning o‘zi yetarli emas, reklama xabari hissiyot uyg‘otishi va yodda qolishi muhim.

    O‘zbekiston reklama tarmog‘i jadal rivojlanmoqda va hozirning o‘zida o‘nlab yo‘nalishni qamrab oladi, ularda butun mamlakat bo‘ylab yuz minglab mutaxassislar ishlamoqda. 25-avgust  o‘z hamkasblari va hamkorlarini tabriklash imkonini beruvchi sanaga aylandi. Yaqin orada yaxshi an’ana: o‘z kasbiy bayramini reklama sohasida qiziqarli ijodiy loyihalar va maxsus tadbirlar bilan nishonlash urf bo‘ladi, deb umid qilaman”.

     Kamilla Muminova, TBC BANK marketing boshlig‘i, TAF!23 Toshkent reklama festivali ekspertlar hay’atining a’zosi: “Nima u — yaxshi reklama? Yaxshi reklama — bu yaxshi natija beradigan reklamadir. Yaxshi reklamani aniqlash mumkin bo‘lgan bir nechta tamoyillar bor: birinchisi — yaxshi auditoriya. Reklama maqsadli auditoriya uchun yaxshi tanlangan bo‘lishi, o‘z maqsadli auditoriyasi uchun relevant, jozibali bo‘lishi kerak. Ikkinchisi — samaradorlik. Ushbu reklama bo‘yicha kompaniya Top of Mind’ini ko‘tarish mumkin, sotuvlar o‘sishi tezlashadi va bularning barchasi biznesga juda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Uchinchisi — kreativ. Konsepsiya qanchalik kreativ va ijodiy boy yaratilsa, sizning maqsadli auditoriyangiz uchun shunchalik qiziqarli bo‘ladi. To‘rtinchisi — to‘g‘ri tanlangan media-kanallar. Ammo, sodda tilda aytilsa, yaxshi reklama — bu o‘chirib qo‘ygingiz kelmaydigan, qalbingizda saqlanib qoladigan va do‘stlaringizga aytib bergingiz keladigan reklamadir”.

    Dodo Pizza Tashkent xalqaro pitsseriya tarmog‘ining direktori Akmal Raimov yaxshi reklama nima ekani haqida o‘z fikrini baham ko‘rdi: “Reklama hissiyotlarni uyg‘otishi kerak, qizig‘i — qandayligi muhim emas. Shunda reklamangiz oson esda qoladi. Agar reklamani eslab qolishsa, demak u haqda do‘stlariga va sizning bo‘lajak, potensial mijozlaringizga so‘zlab berishadi. Har qanday reklama tadbiri raqobat afzalligini aniq ko‘rsatib berishi kerak. Aks holda mijoz sizning mahsulotingiz yoki xizmatingiz nimasi bilan raqobatchilaringizning mahsulotlaridan yaxshiroq ekanini tushunmay, ular uchun pirovard foyda nimada ekanini anglamay qoladilar. Reklama tadbirining natijalari o‘lchab bo‘ladigan bo‘lishi kerak. Agar natijalarni o‘lchash mumkin bo‘lsa, demak ularni yaxshilash mumkin. Ularni cheksiz yaxshilang!”

    Yaxshi reklamaning uchta mezoni haqida Prospect Media Agency direktori, TAF!23 Toshkent reklama festivali ekspert hay’atining katta hakami Botir Latipov so‘zlab berdi: “Mening fikrim quyidagicha: shartlardan biri bajarilsa, biz reklama yaxshi, deb ta’kidlay olamiz.

    1. Reklama ham buyurtmachiga, ham iste’molchiga yoqadi.
    2. Reklama oldiga qo‘yilgan vazifani bajaradi.
    3. Reklama mutaxassislar tomonidan yuqori baholanadi.

    Zamonaviy reklama xaridorlarni yangi mahsulotlar va xizmatlar, maxsus takliflar to‘g‘risida xabardor qilishning samarali usullarini izlaydi.  Bularning bari umumlashib, investitsiyalar jalb qilishga, tovarlar sifatining oshishiga va iste’mol tanlovi imkoniyatlarining uzluksiz kengayishiga xizmat qiladi”.

    Fursatdan foydalanib, mamlakatimizda reklama rivojlanishiga aloqador barchani kasb bayrami bilan tabriklaymiz!

    24.08.2023, 14:59   Izoh (0)   8824
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi

    24.08.2023, 14:38

    “Namangan shahar aholisi soni 1 millionga yaqinlashgan. Lekin bor-yo‘g‘i 4 ta tug‘uruqxona faoliyat yuritmoqda” — Senat raisi

    24.08.2023, 14:25

    O‘zbekistonda bosh davlat veterinariya inspektorlarining vakolatlari qisqartirildi

    24.08.2023, 14:11

    Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi

    24.08.2023, 14:02

    O‘zbekistonda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga qo‘shimcha vakolatlar beriladi

    24.08.2023, 13:45

    2027-yilga kelib 2,2 milliard dollarga yetadi: KPMG O‘zbekistonda onlayn savdo bozori tahlilini taqdim etdi

    24.08.2023, 13:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyaliklar Trampning harakatlarini mamlakat xavfsizligiga eng katta tahdid deb bilmoqda — Politico

    Dunyo | 18 iyul, 00:10

    “Rossiya va Xitoy bilan urush 2027-yilda boshlanishi mumkin” — NATO generali

    Dunyo | 17 iyul, 23:55

    Zelenskiy Tramp bilan “mega kelishuv” rejalashtirilayotganini bildirdi

    Dunyo | 17 iyul, 23:45

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    Sport | 17 iyul, 23:16

    Suriyada arab badaviylarining ommaviy qirg‘ini sodir bo‘ldi

    Dunyo | 17 iyul, 23:14

    Pul savdosi: o‘zbekistonliklar banklarga qancha valyuta sotmoqda?

    Iqtisodiyot | 17 iyul, 23:07

    “SSKA” sobiq darvozabonlar murabbiyi: “Fayzullayev ketayotganidan afsusdaman”

    Sport | 17 iyul, 21:35

    AQSH Senati Trampning USAID tashkiloti va ikki OAV xarajatlarini bekor qilish haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi

    Dunyo | 17 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.