Qozog‘istonning Turkiston viloyatida birdaniga 11 kishi Sirdaryo daryosida cho‘kib ketgani xabar qilingandi. Qutqaruv ishlariga 150 kishi jalb qilingani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Sirdaryoda cho‘kib ketgan 11 kishidan 9 nafarining jasadi topilgan. Qutqaruvchilar yana ikki nafar voyaga yetmagan bolani qidirmoqda.
Turkiston viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari uch nafar ayol va olti nafar voyaga yetmagan bolaning jasadini topgan. Ikki nafar bolani qidirish ishlari davom etmoqda.
Qidiruv ishlariga 150 kishi, 18 ta texnika, ikkita dron va oltita suzish moslamalari jalb qilingan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qozog‘istonliklarni faqat maxsus ajratilgan joylarda suzish kerakligi haqida ogohlantirmoqda.
Izoh (0)