Janubiy Afrikada COVID-19 ning yangi “Eris” shtammi bilan kasallanishning birinchi holati aniqlandi.
Bu haqda SABC News telekanali mamlakat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga tayanib xabar berdi. Holat Gauteng provinsiyasida qayd etilgan. Bemorning ahvoli haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Mazkur vaziyatdan kelib chiqib Janubiy Afrika Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni emlanishga chaqirdi.
“Eris” shtammi bilan kasallanishning birinchi holati joriy yilning 17-fevralida qayd etilgan. Uning tarqalishi Xitoy, AQSH, Buyuk Britaniya, Yevropa va Osiyoning ba’zi mamlakatlarida kuzatiladi. Yangi shtamm jami 51 mamlakatda topilgan.
Izoh (0)