Koreya yarim orolining janubiy qismiga yetib kelgan “Kanun” to‘foni 452 ta reysning bekor qilinishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar bermoqda.
Janubiy Koreya bo‘ylab 10-avgust kuni 2138 ta reys rejalashtirilgan edi. Inchxon xalqaro aeroportida 1048 ta reysdan 145 tasi bekor qilingan yoki kechiktirilgan. “Kanun” to‘foni mahalliy vaqt bilan soat 09:20 da mamlakat janubiy qirg‘oqlariga yetib bordi, u butun yarim oroldan o‘tishi kutilmoqda. Kecha 9-avgust kuni 200 dan ortiq reyslar bekor qilingan edi.
Prezident Yun Sok Yol 9-avgust kuni rasmiylarga tabiiy ofat natijasida yo‘qotishlar va moddiy zararni minimallashtirish uchun “barcha mavjud resurslarni jalb qilish” bo‘yicha topshiriq berdi.
8-avgust kuni to‘fon yaqinlashgani sababli Janubiy Koreya hukumati Cholla Pukto provinsiyasidagi lagerdan “Jambori” jahon skautlari yig‘ilishining 36 mingga yaqin ishtirokchisini evakuatsiya qilgandi.
Izoh (0)