Afg‘oniston hukumati neft sifati pastligini bahona qilib, 67 ta sisternadagi o‘zbek neftini O‘zbekistonga qaytarib yuborgani haqida xabarlar tarqalgandi. “O‘zbekneftgaz” axborot xizmatining “Daryo”ga maʼlum qilishicha, bu xabar asossiz.
![](/static/2023/Islombek Umaraliyev/photo_2023-08-06_19-43-38.jpg)
Kompaniya vakilining aytishicha, hozirda tarqalgan asossiz xabar yuzasidan rasmiy bayonot tayyorlamoqda va u tez orada ommaga eʼlon qilinadi.
“O‘zbekiston Afg‘onistonga ‘Yevro-6’ markali eng sifatli neftlardan birini eksport qiladi. Uni sifati past deyishga asos yo‘q. Mazkur markadagi neft Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida faqat O‘zbekistonda ishlab chiqariladi”, — dedi kompaniyadagi manba.
Izoh (0)