Rossiya 2023-yilga mo‘ljallangan mudofaa xarajatlarini ikki baravarga oshirib, 100 milliard dollarga yetkazdi, bu barcha hukumat xarajatlarining uchdan bir qismini tashkil etadi.
Reuters agentligi, 2023-yilning birinchi yarmida Rossiya mudofaa uchun avval rejalashtirgan 4,98 trillion rubldan (54 milliard dollar) 12 foiz ko‘proq, ya’ni 600 milliard rubl oshiqroq sarflaganini xabar qildi.
Agentlik xabarida aytilishicha, harbiy xarajatlarning oshishi Rossiyaning sanoat ishlab chiqarishi ko‘tarilayotgani hisobidan qoplanmoqda, biroq allaqachon 28 milliard dollarga yaqin budjet taqchilligiga olib keldi. Eksport tushumlarining kamayishi vaziyatni yanada og‘irlashtiradi, deyiladi xabarda.
Kecha Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal mamlakat qo‘shinlarining yillik xarajati 2 trillion grivnaga (deyarli 55 milliard dollar) teng ekanini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda davlat hamkorlarning moliyaviy ko‘magi, shuningdek, grant va kreditlar hisobidan o‘zini ushlab turibdi.
Izoh (0)