Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda yo‘lovchi tashuvchi avtobus bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida videolavha tarqaldi. Viloyat YHXB ushbu YTH haqida ma’lumot berdi.
Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida ushbu hodisa 15-iyul kuni taxminan soat 13:00 larda Jizzax viloyati hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega Toshkent—Samarqand M39 avtomobil yo‘lining 997 kilometrida sodir etilgani ma’lum bo‘ldi.
Yutong yo‘lovchi tashuvchi avtobus o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan “ZIL-130” yuk avtomashinasi orqasiga urilgan.
Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan, transport vositalari texnik shikastlangan.
Izoh (0)