Hayvonlarning insonlar qila oladigan ishni o‘rganishi hayratlanarli. Masalan, shu paytgacha ovqat pishirishni biladigan, sport bilan shug‘ullana oladigan va boshqa ishni qila oladigan hayvonlar haqida eshitgan bo‘lishingiz mumkin. Shu qatorda Kanzi laqabli shimpanze Minecraft o‘ynashni o‘rganib, ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratda qoldirdi.
Chrisdadow nikneymi bilan ijod qiladigan bloger maymunning Minecraft o‘yinini o‘zlashtira olish darajasini tekshirishga qaror qildi. Tajriba uchun oddiy shimpanze tanlandi. Aqliy qobiliyatlari uch yoshli bolaning aql-zakovati bilan teng bo‘lgan Kanzi laqabli maymun tadqiqot ishtirokchisiga aylandi. U ingliz tilidagi nutqni tushunadi va sensorli ekranni qanday boshqarishni biladi.
Dastlab unga boshqaruv asoslari o‘rgatildi. U yurish uchun ekranni ushlab turishi, burish uchun esa panjasini turli yo‘nalishlarda harakatlantirishi kerak edi. Kanzi barcha kerakli ko‘nikmalarni o‘zlashtirganida, unga o‘yinni o‘zi o‘ynab ko‘rishga taklif qilishdi. Shimpanze uchun maxsus xarita yaratilgan bo‘lib, u buni deyarli hech qanday qiyinchiliksiz boshqargan. U o‘yin davomida atigi bir marta g‘orga tiqilib qolgan.
Shuningdek, har bir bajarilgan harakat uchun shimpanzega yong‘oq berilgan. Tajriba tugadi, biroq Chrisdadow Kanziga ishi uchun minnatdorchilik bildirishga qaror qildi. Bloger qobiliyatli maymunni davolash uchun mablag‘ yig‘ishni boshladi.
Izoh (0)