Qarshining “Nasaf” jamoasi argentinalik futbolchi Andres Chavezni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.
Qarshiliklar futbolchi bilan mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
32 yoshli hujumchi faoliyati davomida “Boka Xuniors”, “Vilsterman”, “Hurakan”, “Panatinaikos” va “Benfild” kabi jamoalarda to‘p surgan.
“Nasaf” O‘zbekiston Superligasining birinchi davrasidan so‘ng 24 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)