Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov jiyani Ulan Japarovning hibsga olinishiga izoh berdi. Bu haqda Kabar axborot agentligiga xabar berdi.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-07-24_16-23-34.jpg)
Ichki ishlar vazirligi Ulan Japarovni bojxonadagi korrupsion sxemalarda ishtirok etganlikda gumon qilib qo‘lga olgandi. U prezident amakivachchasi Raqimjon Japarovning o‘g‘li. Ulan Japarov hozirda tergov izolyatorida hibsda saqlanmoqda.
Japarov “hammaga birdek munosabatda bo‘lish kerak”, deb ta’kidladi. Agar biror kishi korrupsiyaga aloqador bo‘lsa, u kim bo‘lishidan qat’i nazar, qamoqqa olinishi kerakligini bildirdi.
“Davlatga ikki barobar zararni qoplaganingdan keyingina ozod etilasan. To‘lamasang, ketolmaysan. U mening ukam, deb jinoyatchini qo‘lga olishiga yo‘l qo‘ymasam, boshqa aka-ukalar ham aralasha boshlaydi. Qirg‘izlarda yaxshi ibora bor: Birning jazosi mingga saboq. Bu mening izohim”, — dedi Japarov.
Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi rahbari prezident tanish-bilish va qarindosh-urug‘ligidan qat’i nazar, har kim o‘z qilmishi uchun qonun bo‘yicha javob berishi haqida ogohlantirganini aytgandi.
Izoh (0)