Transport vazirligida Toshkent—Andijon pullik yo‘lini qurish loyihasini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish masalasi muhokama qilindi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 20-iyul kuni Korea Expressway Corporation korporatsiyasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda loyihaning texnik xususiyatlari, loyihani moliyalashtirish masalalari, tender o‘tkazish va yuridik jihatlari muhokama qilindi.
Toshkent—Andijon muqobil pullik avtomobil yo‘li qurilishi haqida Shavkat Mirziyoyev 14-iyul kuni andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvda e’lon qilgandi. Shu yil oxirigacha boshlanishi aytilgan 2,5 milliard dollarlik loyiha Jahon banki bilan birgarlikda amalga oshiriladi.
“Loyihani amalga oshirish natijasida Andijondan Toshkent shahriga borish vaqti hozirgi 5 soatdan 3 soatga qisqaradi”, — degan edi prezident.
Izoh (0)