Ijtimoiy tarmoqlarda “Volga” mashinasi avtomobil yo‘lida yukxonasiga svetofor yuklab olgan holda ketayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati holat yuzasidan “Daryo”ga izoh berdi.
Aytilishicha, mazkur vaziyat Namangan shahrida sodir bo‘lgan. Ushbu avtomashinadagi svetofor quyosh panelli ko‘chma svetofor hisoblanib, undan piyodalar xavfsizligini ta’minlash, sodir etilishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda foydalanilishi yo‘lga qo‘yilgan.
“Video mutaxassislar tomonidan svetoforning sozligi o‘rganib chiqilib, ishlab turgan holatda shahardagi piyodalar ko‘p harakatlanayotgan hududga joylashtirish maqsadida olib borilayotgan vaqtda tasvirga olingan”, — deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, video eski bo‘lib, holat taxminan qish faslida yuz bergan.
Izoh (0)