Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik ayol istiqomat qilib kelgan uyda gaz portladi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 4-iyul kuni Istanbul shahri Chekmekoy tumani “Chamlik” mahallasida 4 qavatli binoning 1-qavatida istiqomat qilgan uyda tabiiy gaz portlashi natijasida tanasining maʼlum qismi kuyishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi M.Gulomova Istanbul shahar shifoxonasiga olib borilgan.
Bosh konsulxona tomonidan Chekmekoy huquqni muhofaza qiluvchi organlar va shifoxona xodimlari bilan aloqa o‘rnatilgan. O‘zbekiston fuqarosi hozirgi vaqtda jonlantirish bo‘limida ekani aytilmoqda.
Xorijdagi o‘zbekistonliklar o‘limi
May boshlarida Qozog‘istonning Qizilo‘rda shahridagi qurilishda o‘zbekistonlik erkak halok bo‘lgandi. Shuningdek, Rossiya qamoqxonasidan Ukrainadagi urushga “safarbar qilingan” 23 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘lgani, Turkiyada o‘zbekistonlik fuqaro parda tikadigan mashina orasida qisilib qolishi oqibatida vafot etgani, Rossiyadagi uyda yuz bergan yong‘inda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)