Toshkent shahridan Pokistonning Lahor shahriga muntazam aviaqatnovlar qayta tiklanishi mumkin. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, transport vaziri Ilhom Mahkamov Pokistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Faruk bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar mamlakatlar o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama etdi.
Xususan, ikki mamlakat o‘rtasida yuk tashuvlari hajmini oshirish maqsadida tomonlar Afg‘oniston hududi orqali multimodal tashuvlarni rivojlantirish zarurligini qayd etib o‘tdi. Shuningdek, Toshkent–Lahor–Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklash, Termiz–Mozori-Sharif–Kobul–Peshovar temiryo‘li qurilishi loyihasi yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)