• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Saylovlarda imzo varaqalariga soxta yozuvlar kiritish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi” — Oliy sud vakili

    O‘zbekistonda saylovlarda ovoz berishning yashirinligini buzish, imzo varaqalariga soxta yozuvlar kiritish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lumot berdi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat kodekslarida saylov qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan. Xususan, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-2 – 51-9-moddalarida saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari o‘z ifodasini topgan.

    Masalan, kodeksning 51-2-moddasiga asosan Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish, xuddi shuningdek, ularning ishiga to‘siqlarni yuzaga keltirish mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha (4,95 million so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

    Mazkur kodeksning 51-3-moddasiga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning qarorlarini ijro etmagan, ushbu komissiyalarning murojaatlarini ko‘rib chiqishni g‘ayrihuquqiy ravishda rad etish yoki ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzgan mansabdor shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha (2,31 million so‘m) miqdorda jarima bilan jazolanadi.

    Yana bir huquqbuzarlik – nomzodning, ishonchli vakilning, kuzatuvchining yoki siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlarini buzganlik uchun ushbu kodeksning 51-4-moddasida maʼmuriy javobgarlik choralari qayd etilgan. Yaʼni bunday holat mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan 10 baravarigacha miqdordagi jarima jazosini yuzaga keltiradi.

    Shuningdek, kodeksning 51-4 – 51-9-moddalariga ko‘ra:

    • saylovoldi tashviqotini olib borish shartlari va tartibini nomzod, ishonchli vakil, siyosiy partiya vakili, mansabdor shaxs tomonidan buzish;
    • saylov natijalariga taʼsir ko‘rsatish maqsadida nomzod, siyosiy partiya to‘g‘risida ataylab yolg‘on maʼlumotlarni eʼlon qilish yoki boshqa usullar orqali tarqatish;
    • ayni jarayonda axborot hamda tashviqot materiallarini qasddan yo‘q qilib yuborish yoki ularga qasddan shikast yetkazish;
    • binolarga, inshootlarga yoki boshqa joylarga joy­lashtirilgan axborot, tashviqot materiallarini saylovga yoki referendumga tayyorgarlik ko‘rish va saylov yoki referendum o‘tkazish jarayonida qasddan yo‘q qilib yuborish yoki ularga qasddan shikast yetkazish;
    • saylovni moliyalashtirish tartibini buzish;
    • jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari taxminlarini, shuningdek, saylov yoki referendum bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni eʼlon qilish tartibini buzish uchun maʼmuriy jarima jazolari qo‘llanadi.

    Shuningdek, Jinoyat kodeksining 146-moddasida saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish vaqtida mansabdor shaxslar, siyosiy partiyalar yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari, tashabbuskor guruhlar yoki saylov yoxud referendum komissiyalari aʼzolari tomonidan ovoz berishning yashirinligini buzish, saylov yoki referendum hujjatlarini qalbakilashtirish, saylov yoki imzo varaqalariga soxta yozuvlar kiritish, berilgan ovozlarni ataylab noto‘g‘ri hisoblash uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

    Xususan, bunday qilmish bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha (8,25 million so‘m) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Ushbu kodeksning 147-moddasiga asosan fuqarolarning deputat yoki O‘zbekiston prezidentini saylash yoxud saylanish, saylovoldi targ‘iboti olib borish huquqlarini buzganlik, deputatlikka yoki prezidentlikka nomzod shaxsning ishonchli vakillari o‘z vakolatlarini erkin amalga oshirishlariga, shuningdek, fuqarolarning referendumda erkin ishtirok etishlariga zo‘rlik ishlatish, qo‘rqitish, aldash yoki og‘dirib olish yo‘li bilan to‘sqinlik qilganlik uchun 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari, uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

    Muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi

    “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun 6-may kuni prezident tomonidan imzolandi. Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra prezident muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu kodeksga to‘liq muvofiq holda 2 oy ichida o‘tkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

    Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan boshlandi. O‘zbekiston prezidenti saylovida ishtirok etayotgan har bir nomzodga targ‘ibot tadbirlari uchun 4 milliard 914 million so‘m ajratilgan.

    03.07.2023, 12:59   Izoh (0)   4112
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlar qanday tashabbuslarni ilgari surmoqda?

    11.06.2023, 12:30

    O‘zbekistonda Madaniyat markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tashkil etildi

    03.07.2023, 12:51

    O‘zbekistonda Qozog‘iston bilan chegarani belgilashga oid shartnoma ratifikatsiya qilindi

    03.07.2023, 12:37

    O‘zbekiston aholisining katta qismi hovli uylarda yashashi maʼlum qilindi

    03.07.2023, 12:35

    O‘zbekistonda vaqtinchalik olib kiriladigan avtomobillar uchun bojxona to‘lovlari o‘zgarmoqda

    03.07.2023, 12:08

    O‘zbekistonda hafta davomida nisbatan salqin ob-havo bo‘ladi

    03.07.2023, 11:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.