Rossiyaning Samara viloyatida 27-iyunga o‘tar kechasi Honda miniveni va Hyundai avtomobili to‘qnashib ketdi, deb xabar bermoqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Baxtsiz hodisa oqibatida olti kishi halok bo‘lgan: ulardan ikki nafari Qirg‘iziston fuqarosi, to‘rt nafari O‘zbekiston fuqarosi.
Yetti kishi kasalxonaga yotqizilgan. YTH sabablari va voqea bilan bog‘liq holatlar o‘rganilmoqda.
Qirg‘iziston tomoni bu masala Tashqi ishlar vazirligi va mamlakat elchixonasi nazoratida ekanini maʼlum qildi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi vatandoshlar bilan sodir bo‘lgan voqealar haqida hozircha maʼlumot bermadi.
Avvalroq Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida sodir bo‘lgan avariyada to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Izoh (0)