Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “agressor” Rossiya, Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlari va Belarusdan nashriyot mahsulotlarini olib kirishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari Telegram’da ma’lum qildi.
Oliy Rada ushbu qonunni 2022-yil iyun oyida qabul qilgan edi. Qonun bir yildan ortiq vaqt deganda prezident tomonidan imzolandi.
“Qonunni to‘g‘ri deb bilaman”, — deb yozdi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun matni Yevropa Ittifoqi institutlariga yuborilgan va uning ayrim normalari lingvistik huquqlarni himoya qilish bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishiga taʼsir qilishi mumkinmi yoki yo‘qligini baholash so‘ralgan. Shuningdek, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish arizasi bo‘yicha Yevropa Komissiyasining ushbu qonun borasidagi fikri so‘ralgan.
May oyida Ukraina prezident ofisi portalida davlat rahbarini qonunni imzolashga chaqiruvchi petitsiya paydo bo‘lgan.
Zelenskiy petitsiyaga javob berar ekan, Rossiya nashriyot mahsulotlarini olib kirish va tarqatishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni hali imzolamaganini, chunki uning qoidalari konstitutsiya va Yevropa Ittifoqi standartlariga zid bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Izoh (0)